date
views 138

Zangiotada aliment va farzandi davolanishi uchun qo‘shimcha xarajat pullari undirildi

Zangiotada aliment va farzandi davolanishi uchun qo‘shimcha xarajat pullari undirildi

Ota-ona farzandlari voyaga yetgunga qadar ularni moddiy jihatdan ta’minlashga mas’uldir. Agarda taqdir taqozosi tufayli oila buzilib otaga farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyati yuklatilsa,shu bilan bir qatorda farzandlaridan birining sog‘ligida jiddiy nuqson bo‘lsa qarzdor qo‘shimcha tarzda davolanish pullari to‘lashga majbur bo‘ladi. Uning miqdori sud tomonidan belgilanadi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor F.Radjapovdan N.Radjapova foydasiga ikki nafar farzandlari moddiy ta’minoti uchun oylik ish xaqi va boshqa daromadlaridan 1/3 qismi miqdorida aliment hamda 2010 yil 24 fevralda tug‘ilgan farzandi tuzalgunga qadar 245.000 so‘mda qo‘shimcha harajat undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro ish yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida MIB Portal dasturi orqali vakolatli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilib, olingan javob xatlariga ko‘ra, qarzdorni nomida ko‘chmas mulki, avtotransport vositalari yoxud boshqa qimmatliklari aniqlanmagan.

Qarzdor F.Radjapovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasiga asosan chiqish xuquqlari vaqtinchalik cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Bo‘lim davlat ijrochisining olib borgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor F.Radjapovdan 27.09.2023 yil kuni 12.502,3 ming so‘m aliment pullari va farzandi tuzilguniga qadar 6.125,0 ming so‘m jami 18.627,3 ming so‘m aliment pullari undiruvchini tilxatiga asosan undirilib berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zangiotada aliment va farzandi davolanishi uchun qo‘shimcha xarajat pullari undirildi