Xitoy Xonobodda yopiq muz kurorti qurishni rejalashtiryapti

Xitoy Xonobodda yopiq muz kurorti qurishni rejalashtiryapti
Foto: Andijon viloyati hokimligi

Andijonda Xitoy investitsiyasi asosida yopiq muz kurorti qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning Xitoydan tashrif buyurgan investorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida turizm sohasini rivojlantirish va xorijiy sayyohlarni jalb etish maqsadida 4 gektar maydonda yopiq muz kurortini qurish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xitoy Xonobodda yopiq muz kurorti qurishni rejalashtiryapti

Loyiha qiymati 12 mln dollarni tashkil etib, yopiq muz kurortida 500 ta avtomobil kirish imkoniyatiga ega avtoturargoh, sport maydonchalari, kinoteatr, restoran va boshqa xizmat ko‘rsatish faoliyatlari yo‘lga qo‘yiladi.

Xitoy Xonobodda yopiq muz kurorti qurishni rejalashtiryapti

Loyiha 365 kun, 24 soat mobaynida ishlash quvvatiga mo‘ljallangan holda ishlab chiqilgan. Loyiha uchun ajratiladigan joy Xonobod shahridan taklif etilgan.

Xitoy Xonobodda yopiq muz kurorti qurishni rejalashtiryapti

Shuningdek, tomonlar mevalarni qayta ishlash orqali eksportni amalga oshirish imkoniyatlarini ham muhokama qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar