Foto: TIV
13 oktyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyev Kuvayt va Qatar davlatlarining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchilari Ahmad al-Jiyron va Hasan Hamza Hoshim bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda O‘zbekistonning ushbu davlatlar bilan siyosiy muloqotini kengaytirish masalalari muhokama qilindi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, madaniy-humanitar almashuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar