23:26 / 17.10.2023
338

Taqiq hozircha yechilmagan

Taqiq hozircha yechilmagan

Joriy yilning 15 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida garovga qo‘yilgan avtomashina taqiqi asossiz yechilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 18.10.2022 yildagi hal qiluv qaroriga asosan qarzdor Bo‘riyev Erkin Jo‘raqulovichdan undiruvchi “Kapitalbank” ATB Samarqand filiali foydasiga 240.280.733 so‘m kredit qarzdorligini undirish haqidagi ijro hujjati 29.11.2022 yilda Byuroning Ishtixon tuman bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga tanishtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 
421-moddasiga asosan davlat ijrochisining 29.11.2022 yildagi qaroriga asosan qarzdor E.Bo‘riyevning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlarini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Bundan tashqari, mazkur Qonunning 87-moddasiga asosan qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida “MIB-Portal” dasturi orqali mutasaddi tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va tegishli idoralar tomonidan berilgan ma’lumotlariga ko‘ra, qarzdorning shaxsiy egaligida undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lgan “Malibu 2” rusumli davlat raqam belgisi 30.K.679.EA bo‘lgan avtotransport vositasi borligi aniqlanib, davlat ijrochisining 29.11.2022 yildagi qaroriga asosan transport vositasiga taqiq qo‘yilgan.

 Shuningdek, ijro hujjatida garov mulki sifatida ko‘rsatilgan 30.R.679.EA bo‘lgan avtotaransport vositasiga ham davlat ijrochisining 29.11.2022 yildagi qaroriga asosan taqiq o‘rnatilgan.

  Sudning 18.10.2022 yildagi hal qiluv qarorida qarzdor E.Bo‘riyevga tegishli “Malibu 2” rusumli davlat raqam belgisi 30.K.679.EA bo‘lgan avtotransport vositasini davlat raqami sudning arifmetik xatosi tufayli 30.R.679.EA deb yozilganligi aniqlangan va fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 31.03.2023 yildagi ajrimiga asosan ijro varaqasidagi “davlat raqami 30.R.679.EA” degan jumla “davlat raqami 30.K.679.EA” deb o‘qish to‘g‘risida o‘zgartirish kiritilganligi sababli, davlat raqami 30.R.679.EA bo‘lgan avtotransport vositasiga qo‘yilgan taqiq bekor qilingan.

Qarzdor E.Bo‘riyevga tegishli “Malibu 2” rusumli davlat raqam belgisi 30.K.679.EA bo‘lgan avtotransport vositaga 29.11.2022 yilda qo‘yilgan taqiq yechilmagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat