Toshkent viloyatida yil boshidan alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bo‘yicha 121 ta soliq tekshiruvlari o‘tkazildi
Toshkent viloyati soliq organlari tomonidan joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bo‘yicha 121 ta soliq tekshiruvlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan soliq tekshiruvlarida:
- 14 846 dona 267 mln. so‘mlik (aksiz markasiz, eski va qalbaki aksiz markali, markirovkalanmagan hamda tegishli hujjatlarsiz) alkogol mahsulotlari savdosi oldi olinib, ushbu mahsulotlar belgilangan tartibda vaqtinchalik olib qo‘yildi.
Masalan, joriy yilning 20 oktyabr kuni o‘tkazilgan soliq tekshiruvlarida Toshkent viloyati, Zangiota tumanida faoliyat yurituvchi “Ideal Lux” MCHJda 53 dona qiymati 1 325,0 ming so‘mlik va “Doniy-Pro-Business-707” MCHJda 50 dona qiymati 1 450,0 ming so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari aniqlandi.
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring