date
views 457

O‘zbekistonda noyabr boshlarida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda noyabr boshlarida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston hududiga 31 oktyabr kuni Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.

Qayd etilishicha, Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida kechasi va ertalab bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 17-22 darajagacha pasayadi.

1 noyabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik to‘xtaydi va bunday quruq ob-havo hafta oxirigacha saqlanib turadi. 1—2 noyabr kunlari kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 1—2 noyabrda 17-22 daraja bo‘ladi, 3 noyabrda harorat bir oz ko‘tariladi va 19-24 darajani tashkil etadi.

Toshkentda 30 oktyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 27-29 daraja bo‘ladi.

31 oktyabrda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-19 darajagacha pasayadi.

1—2 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari 5-8 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda noyabr boshlarida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi