Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning kripto-aktivlari qurilmasini o‘rnatgan shaxs aniqlandi.
Qayd qilinishicha, shaharning Olmazor tumanida yashovchi Sh.P. uyida 94 ta to‘plamdagi qo‘lbola usulda yasalgan mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 540 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar