Shavkat Mirziyoyev Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi
Shavkat Mirziyoyev Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurib, Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Qur’on oyatlari tilovat etilib, O‘zbekistonga tinchlik, xalqqa farovonlik tilab duo o‘qildi.

Shavkat Mirziyoyev Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Ulamolar bilan suhbatda bugun dunyoda turli nizo va urushlar bo‘layotgani, begunoh insonlar qoni to‘kilayotgani afsus bilan qayd etildi. Bu yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik qadrini yanada teran anglatib, insonda shukronalik ruhini uyg‘otadi. Bu ne’matlar ahamiyatini, Termiziy kabi bobolarimiz ilm-ma’rifatini yoshlarga yetkazish muhimligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu masalalar bo‘yicha Termizda ilmiy konferensiya o‘tkazish taklifi bildirildi.

Davlat rahbari Surxondaryo viloyatiga hududlar iqtisodiyoti, muhim ijtimoiy dasturlar ijrosi bilan tanishish maqsadida keldi. Tashrif davomida iqtisodiy yo‘nalishda gazni qayta ishlash, gidroenergetika, charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik loyihalari ko‘zdan kechiriladi. Ijtimoiy sohalarda ichimlik suvi taʼminoti, mahalla tizimi, sog‘liqni saqlash, yoshlar masalalariga eʼtibor qaratiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar