Toshkent viloyatida mahallaga biriktirilgan soliqchilar tomonidan 1250 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi
Xabaringiz bor soliq xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash uchun “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi ishlab chiqildi.
Axborot tizimidagi ma’lumotlar onlayn ravishda har soatda yangilanadi va shu asosda mahallaga biriktirilgan inspektorlarning oldiga kunlik vazifalarni belgilaydi hamda natijalarni avtomatik ravishda tahlil qiladi. Mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining faoliyati onlayn kuzatilib, samaradorlik ko‘rsatgichi (KPI) 21 ta mezon orqali baholab boriladi.
Bu borada Toshkent viloyatida erishilgan natijalar bilan tanishing:
- Joriy yilning avgust-noyabr oylarida 3036 nafar yangi yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatga olinib, faoliyatini to‘xtatgan 1337 nafar tadbirkorlar faoliyati tiklandi;
- 41085 nafar mehnat bilan band bo‘lgan aholi mehnat stajiga ega bo‘lishi va kelgusida pensiya olishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o'tkazildi;
- 684 ta korxonada bo‘sh turgan obyektlarni ishga tushirish hisobiga 1250 ta ish o‘rni yaratildi.
Bundan tashqari, budjetga 6,6 mlrd so‘m qo‘shimcha manba jalb qilindi:
Masalan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilarni tovar aylanmasini oshirish hisobiga 50,1 mlrd so‘m aylanmadan olinadigan soliq;
- korxonalarda ishchilar soni hamda mehnatga haq to‘lash fondini oshishi hisobiga 84,7 mlrd so'm jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq;
- yangi ro‘yxatga olingan obyektlar hisobiga 13,3 mlrd so'm yer va mol-mulk soliqlari qo‘shimcha hisoblandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring