Oliy sudning katta konsultanti va sudya katta yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi (video)
Kadr: Telegram
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati katta konsultanti fuqarodan10 ming dollar olganvaqtidaushlandi.
Aniqlanishicha, u muqaddam sudlangan ikki nafar shaxsga nisbatan Oliy sudning Jinoiy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼatida kassatsiya tartibida ko‘rilayotganjinoyat ishini Farg‘ona viloyat sudiga o‘tkazgan holda, ularning oqlanishiga yordam berishni vaʼda qilgan.
Boshqa holatda esa Surxondaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼatiningsudya katta yordamchisimahalliy tadbirkorning ishonchiga kirib, uning apelyatsiya bosqichida ko‘rilayotgan daʼvo arizalarini sudyalar orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 6 ming dollar olgan vaqtidaDavlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, sudya katta yordamchisi muqaddam tadbirkorning Termiz tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgandaʼvo arizasini ijobiy hal qilib berish evaziga 2 ming dollartalab qilib, 600 dollar olgani ham maʼlum bo‘ldi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211-moddalari (pora olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.