date
views 271

Toshkentdagi xonadonda yuz bergan yong‘inda ayol va uning ikki qizi halok bo‘ldi

Toshkentdagi xonadonda yuz bergan yong‘inda ayol va uning ikki qizi halok bo‘ldi

Foto: Videodan kadr

Toshkentdagi xonadonda yuz bergan yong‘inda ayol va uning ikki qizi halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Voqea Yashnobod tumanidagi xonadonlarning birida 18 dekabr kuni yuz bergan, holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu yong‘indan 28 yoshli ayol hamda 8 va 5 yoshdagi ikki qiz vafot etdi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu yong‘in haqida FVV va FVB hozircha hech qanday ma’lumot e’lon qilmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi xonadonda yuz bergan yong‘inda ayol va uning ikki qizi halok bo‘ldi