Energetika vazirligi yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanish ta’minlash hamda to‘lov intizomini mustahkamlashni takomillashtirishga doir Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi.
Hujjat loyihasida kelgusi yildan boshlab elektr hisoblagichlarni iste’molchilarning o‘z hisoblaridan o‘rnatish nazarda tutilmoqda.
Ya’ni, elektr tarmqolariga ulanish uchun elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) mos keladigan hisobga olish asboblari o‘rnatish ishlari 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuridik iste’molchilarning va 2024 yil 1 apreldan boshlab maishiy iste’molchilarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, 2024 yil 1 yanvardan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov tizimi joriy etiladi hamda yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarasiz va behuda foydalanganlik uchun qo‘llaniladigan iqtisodiy jarimalar qo‘llash tizimi takomillashtiriladi.
Tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov qilmagan yuridik iste’molchilarga hisob-kitob yetkazib berilgan gaz qiymatiga nisbatan 1,4 koyeffitsentda hamda ta’minot korxonasiga oldindan to‘lovsiz yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatiga nisbatan 10 foiz miqdorida moliyaviy jarima qo‘llash tizimi joriy etiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring