date
views 122

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi

“Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi.

Qo‘mita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

  • Vazirlar Mahkamasida bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi joriy etildi.

Qo‘mita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi;
  • viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;
  • tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari – tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari lavozimi kiritildi.

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi