2024 yil 1 yanvardan bino yoki avtomashinani ijaraga beradigan jismoniy va yuridik shaxslar uchun eng kam ijara haqi stavkasi belgilandi. Bu 2024 yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunda qayd etilgan.
Jumladan, turar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilangan (1 kv.m. uchun oyiga):
- Toshkent shahrida – 25 ming so‘m;
- Nukus shahri va viloyat markazlarida – 12 ming so‘m;
- boshqa aholi punktlarida – 5 ming so‘m.
Jumladan, noturar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilangan (1 kv.m. uchun oyiga):
- Toshkent shahrida – 40 ming so‘m;
- Nukus shahri va viloyat markazlarida – 23,5 ming so‘m;
- boshqa aholi punktlarida – 10 ming so‘m.
Shuningdek, yengil avtomobilni ijaraga berishning eng kam stavkasi oyiga 780 ming so‘m, mikroavtobus, avtobus va yuk avtomobili uchun 1 mln 550 ming so‘m qilib belgilangan.
Qayd qilinishicha, mazkur stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadiga soliq solish maqsadida qo‘llaniladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi