
Foto: Bosh prokuratura
Joriy yilning 28 dekabr kuni Buxoro viloyati prokuraturasi, Departament, IIB va DXX viloyat boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, «O‘zenergoinspeksiya» Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdor shaxsi S.A. «I.G.A.S. » MCHJga qarashli AYOQSHda o‘tkazilgan tekshirish yakuni bo‘yicha mazkur shoxobcha faoliyatini tiklab berish, «B.A.Y.Q.» MCHJga qarashli AYOQSHga faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, 2024 yilda nazorat organlari tomonidan tekshirish e’lon qilinganda, unga oldindan xabar berish evaziga 100 000 AQSH dollari pora talab qilib, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi yonida kimyoviy ishlov berilgan 50 000 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat bo‘yicha S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro ViloyatiMansabdor ShaxsPora Talab QilishJinoyat KodeksiTezkor TadbirDastlabki Tergov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing