
Foto: Videodan kadr
Ma’lum qilinishicha, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi xizmat mavqeyidan foydalangan holda, Samarqand shahrida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirgan.
So‘ng go‘yoki AQSH elchixonasidagi tanishlari orqali viza rasmiylashtirib, Amerikaga yuborish evaziga undan 14 ming AQSH dollari talab qilgan.
DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar