11:22 / 17.01.2024
244

Jizzaxda FVB mashinasi ikkita mashinaning pachaqlanishiga sabab bo‘ldi

Jizzaxda FVB mashinasi ikkita mashinaning pachaqlanishiga sabab bo‘ldi

Foto: Videodan kadr

Jizzax viloyatida beshta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda ularning biri yonib ketgan.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 15 yanvar kuni soat 6:50 larda sodir bo‘lgan.

M-39 xalqaro yo‘lida Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harkatlanayotgan Neksiya mashinasi Sharof Rashidov tumani hududida muzlama tufayli yo‘lning harakatlanish qismida to‘xtab qolgan.

Shu paytda u bilan bitta yo‘nalishda kelayotgan yuk mashinasi Neksiyaning orqa qismidan urgan. Oqibatda mashinada yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘inni bartaraf etish uchun FVB o‘t o‘chirish bo‘linmasi yetib kelgan. Bo‘linma vaqtni tejash maqsadida qayrilish joyidan burilib kelmagan va qarama-qarshi tomonida yo‘lning harakatlanish qismida to‘xtab yonayotgan mashinadagi olovni o‘chirishga uringan.

Shu paytda o‘z yo‘lidan harakatlanib kelayotgan Neksiya va Neksiya-3 o‘t o‘chirish mashinasiga kelib urilgan.

Hodisada hech kim og‘ir tan jarohati olmagan. Hozirda hodisa yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat