“O‘zgidromet” 25 yanvar, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, cho‘l hududlarda 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring