Farg‘ona viloyatida “xo‘roz jangi” uchun arena tashkil etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish320
Farg‘ona viloyatida “xo‘roz jangi” uchun arena tashkil etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Farg‘ona viloyatida o‘rtaga katta miqdorda pul tikib, qimor o‘yini tashkil etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Quva tumani “Qalinpo‘stin” MFYda yashovchi 62 yoshli A.T. jinoiy sherigi “Qayrag‘och” MFYda yashovchi 50 yoshli N.M. bilan bir guruh bo‘lib, qimor va tavakkalchilikka asoslangan xo‘roz o‘yini tashkil qilgan. Ular ushbu jinoiy faoliyatga yana uch nafar shaxsni sherik qilib, Farg‘ona shahar “Mustaqillik” MFYda 400 nafar ishtirokchini jalb qilgan holda “Xo‘roz urishtirish” uchun sharoit yaratib, ishtirokchilarning har biridan 50 ming so‘mdan pul yiqqan vaqtda ushlangan.

Bundan tashqari, tadbir davomida kassadan 84 million 356 ming so‘m, 3 750 dollar, 8 ming 741 Qirg‘iziston somi, qimor o‘yinga kelgan shaxslardan 14 million so‘m pullar, 14 dona xo‘roz va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?