21:43 / 29.01.2024
159

Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi drenaj tizimidagi muammolar haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi drenaj tizimidagi muammolar haqida gapirdi
Foto: Videodan kadr
Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida poytaxtdagi drenaj tizimi yog‘ingarchilik davrida aholi e’tiroziga sabab bo‘layotganini ta’kidladi.

Shu munosabat shahar hokimligi oldiga drenaj tizimidagi eng muammoli nuqtalarda qurilish ishlarini yakunlash hamda 1 sentyabrga qadar poytaxt drenaj tizimi master-rejasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

O‘tgan yilda temir yo‘lda vagonlar parkini yangilash va yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha sezilarli natijaga erishilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

«O‘zbekiston temiryo‘llari» raisi Zufar Narzullayev
«O‘zbekiston temiryo‘llari»ga vagon ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga ajratilgan mablag‘lardan unumli foydalanib, 1,5 mingta yuk va yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

«Qo‘qon», «Samarqand», «Toshkent» vokzallari, «Andijon» va «Urganch» aeroportlari boshqaruvini xususiy sektorga berish masalasini o‘rganish topshirildi. Shahrisabz, Sariosiyo va Qo‘qon aerodromlarida ta’mirlash ishlarini yakunlab, mahalliy aviatashuvlarni yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat