
Majburiy ijro byurosining Zangiota bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor R.Kusjanovdan,undiruvchi K.Razzaqova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun har turdagi oylik daromadi hisobidan ¼ qism miqdorida aliment puli olish belgilangan ijro hujjati mavjud bo‘lgan.
Tomonlarning kelishuvi asosida ijro hujjati undiruvchi tomonidan qaytarib olingan. Shundan so‘ng, fuqaro K.Razzaqova Byuroning Zangiota tuman bo‘limiga qayta ariza topshirib aliment pullarini undirib berishni so‘ragan.
Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida undiruvchi va qarzdor o‘rtasida kelishuv sabab bir nafar farzand ta’minoti uchun umumiy hisobda 25 million so‘m pul undirib berilgan. Natijada mazkur ijro hujjati Qonunning tegishli bandi asosida amalda tamomlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar