14:08 / 05.02.2024
94

O‘zbekistonda 2024 yilda davlat bog‘chalari quvvati yana 10 ming o‘ringa oshiriladi

O‘zbekistonda 2024 yilda davlat bog‘chalari quvvati yana 10 ming o‘ringa oshiriladi
Shavkat Mirziyoyev maktabgacha va maktab ta’limidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusi rejalarni belgilab berdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.

Islohotlar natijasida maktabgacha ta’limda qamrov 74 foizga yetdi. 2016 yilda bu ko‘rsatkich 27 foiz edi. Bu yil davlat bog‘chalari quvvati yana 10 ming o‘ringa, xususiy bog‘chalarda 50 ming o‘ringa oshiriladi.

Lekin ba’zi chekka qishloqlarda bog‘cha hali yo‘qligi sababli hamma bolalar ham maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan, ayrim tumanlarda bog‘cha yetarli bo‘lishiga qaramay, qamrovi o‘tgan yilga nisbatan biroz kamaygan.

Xususiy bog‘chalarda bolalar hisobini yuritish raqamlashtirilmoqda, lekin davlat bog‘chalarida bu jarayon hali boshlanmagan.

Shu munosabat bilan Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘chalarda budjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil mayda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining maoshi oshirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat