Foto: Getty Images
O‘zbekiston fuqarolari Yaponiyaga qurilish va ishlab chiqarish sohalarida ishga taklif etiladi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, qurilish sohasida (kafel terish, opalubka, qurilish havozalarini o‘rnatish) oylik maosh 1500 AQSH dollaridan boshlanadi (Yaponiya iyenasida to‘lanadi). Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- yapon tilini N5 yoki undan yuqori darajada bilish;
- 18-30 yoshgacha bo‘lgan erkaklar;
- maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo‘lishi;
- sudlanmagan va sog‘lom bo‘lishi;
- kamida 3 yillik mehnat shartnomasi asosida ishlashga tayyor.
Qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tish.
Shuningdek, ishlab chiqarish sohasida (mebelsozlik) oylik maosh 1100 AQSH dollaridan boshlanadi (Yaponiya iyenasida to‘lanadi). Ish vaqti: haftasiga 40 soat (qo‘shimcha ish soatlari uchun alohida ustama haq to‘lanadi). Ish beruvchi tomonidan qoplanadigan xarajatlar:
- O‘zbekistondan Yaponiyagacha bo‘lgan aviachipta yo‘l kira haqi;
- aeroportdan kutib olib, yashash joyigacha kuzatib borish.
Ishlab chiqarish sohasida ro‘yxatdan o‘tish.
Fuqarolar ish beruvchi bilan suhbat asosida ishga qabul qilinadi. Tanlov kuni va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Ro‘yxatdan o‘tish har bir soha bo‘yicha 500 nafar nomzodga yetganda to‘xtatiladi.
Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqam 41, 42). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi