12:11 / 08.02.2024
148

Samarqandda Milliy gvardiya xodimi va advokat pora bilan ushlandi

Samarqandda Milliy gvardiya xodimi va advokat pora bilan ushlandi
Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ygan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oqdaryo tumanida yashovchi, Milliy gvardiya Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Ishtixon tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi 34 yoshli F.O. mansab vakolatidan foydalangan holda mahalliy fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan. U fuqarodan 1,5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, boshqarma tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tadbir davomida, advokat Sh.A. mahalliy fuqaroga sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilishini bekor qilish maqsadida o‘zining mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilib, buning uchun fuqarodan 600 dollarni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat