19:10 / 16.02.2024
257

17 fevral kuni respublikaning qator hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

17 fevral kuni respublikaning qator hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
«O‘zgidromet» 17 fevral, shanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–5 daraja, kunduzi –1 ...+1 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –11...–16 daraja, Ustyurtda –17...–20 darajagacha, kunduzi –3...–8 daraja; Xorazm viloyatida kechasi –11...–16 daraja, kunduzi –1...–6 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi –3...+2 daraja; cho‘l hududlarda kechasi –11...–16 daraja, kunduzi –3...–8 daraja bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi 0...–5 daraja bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat