19:33 / 17.02.2024
119

Sayyor qabul davomida, bir oila yarashishga qaror qildi

Sayyor qabul davomida, bir oila yarashishga qaror qildi
Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i S.Jabbarov tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri muloqot qilish, ularning muammolarini bevosita joyida aniqlash va bartaraf etish maqsadida joriy yilning 17 fevral kuni Pastdarg‘om tumani aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabul davomida jami 23 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglanib, shundan 16 ta murojaat mas’ullar tomonidan shu kunning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar nazoratga olinib, ularni tegishliligi bo‘yicha o‘rganib chiqib, tez fursatlarda hal etish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Aytish o‘rinliki, mazkur sayyor qabul davomida ko‘rib chiqilgan aholi murojaatlarining asosiy qismini sud qarorlarini ijrosini ta’minlash, ayniqsa aliment qarzdorligini undirish bo‘yicha qilingan murojaatlar tashkil etdi.

Quvonarlisi shundaki, qabulda ishtirok etgan fuqaro Z.Achilova aliment undirib berishni so‘rab kelgan va tezda uning turmush o‘rtog‘i O.Mamayusupov chaqirtirilib oila muqaddasligi uni ko‘z qorachig‘idek asrash kerakligi tushuntirilganda qarzdor o‘z oilasini saqlab qolish va farzandlarini birga tarbiyalash niyatida ekanligini aytib, bahonada yarashib oldi.

Bundan tashqari, murojaatchi fuqaro Z.Yusupovaga shu kunga qadar aliment qarzlarini to‘lamay yashirinib yurgan sobiq turmush o‘rtog‘idan 5 mln.so‘m miqdorda aliment pullari undirib berilishi ta’minlandi va fuqaro tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Albatta, bu kabi sayyor qabullar fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berayotganligi bilan yanada ahamiyatli bo‘lmoqda.

Sayyor qabullar davom etadi...

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat