
Jahon prognozlash markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, mart oyi nisbatan salqin bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, mart oyida o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 1-2 darajaga past, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lib, +4...+9 darajani, janubda +10...+11 darajani tashkil etadi.
Oy davomida harorat kechalari 0...-5 darajadan +5...+10 darajagacha, kunduz kunlari +5...+10 darajadan +17...+22 darajagacha, janubda +20...+25 darajagacha keskin o‘zgarib turishi prognoz qilinmoqda.
Respublika hududining katta qismida oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida, ba’zi joylarda undan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar