date
views 126

O‘zbekistonga 2023 yilda qancha turist kelgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonga 2023 yilda qancha turist kelgani ma’lum qilindi
2023 yilning yanvar—dekabr oylarida 6,6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 mln nafarga yoki 26,6 foizga oshgan.

O‘zbekistonga 2023 yilda eng ko‘p quyidagi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan:
Tojikiston – 2 155,2 ming nafar;
Qirg‘iziston – 1 757,1 ming nafar;
Qozog‘iston – 1 333,3 ming nafar;
Rossiya – 714,3 ming nafar;
Turkiya – 106,5 ming nafar;
Turkmaniston – 100,3 ming nafar;
Xitoy – 42,5 ming nafar;
Hindiston – 45,5 ming nafar;
Janubiy Koreya – 37,1 ming nafar;
Germaniya – 29,6 ming nafar;
Italiya – 25,6 ming nafar;
AQSH – 23 ming nafar;
Fransiya – 18,6 ming nafar;
Buyuk Britaniya – 16,2 ming nafar;
Ispaniya – 15,2 ming nafar;
Belarus – 15,1 ming nafar;
Ozarboyjon – 14,7 ming nafar;
Yaponiya – 12,4 ming nafar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga 2023 yilda qancha turist kelgani ma’lum qilindi
-->