116
Farg‘onada elektr tarmoqlari korxonasi bo‘lim boshlig‘i 6,6 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Kadr: Telegram
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida korrupsiya va firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyatining Rishton tumani elektr tarmoqlari korxonasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi shaxs yakka tartibdagi tadbirkorning kulolchilikka ixtisoslashgan ustaxonasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangani bois, unga nisbatan rasmiylashtirilgan dalolatnoma bo‘yicha 2 milliard so‘m miqdorida jarima solinishi mumkinligini aytib, ushbu jarimani kamaytirib berish evaziga 10 ming dollar talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 6,6 ming dollarni pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda esa Marg‘ilon shahar “Nadirmat” mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga Farg‘ona shahar Qirguli mavzesida joylashgan 0,5 sotix bo‘sh yer maydonini “E-auksion” platformasi orqali yutib, kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda ushbu shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi