112
O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida transchegaraviy suvlarni nazorat qiluvchi gidropostlar ochildi
Foto: Wikipedia
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri hamda Tojikiston energetika va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan transchegaraviy Katta Farg‘ona kanali va Shimoliy Farg‘ona kanali bo‘ylab ikkita gidropost ochildi.
Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasini “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, gidropostlarning ochilishi Shveysariya hukumatining Blue Peace Central Asia tashabbusi tufayli amalga oshirilgan. Ushbu tashabbus 2017 yilda mintaqa suv resurslarini boshqarishda transchegaraviy yondashuv zarurligiga javoban boshlangan edi.
Loyiha “Patar” va “Sarvak” transchegaraviy gidropostlarini birgalikda qayta tiklash va ulardan foydalanish, uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish, mamlakatlar o‘rtasida ma’lumot almashish va ulardan foydalanish bo‘yicha ikki tomonlama asoslarni yaratdi.
Shimoliy va Katta Farg‘ona kanallari Sirdaryoning yuqori oqimidan suv oladi va uni avval O‘zbekistonga, keyin esa Tojikistonga qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun tortish kuchi bilan yetkazib beradi.
“Ishonchli suv o‘lchash tizimlari mavjud bo‘lmaganda transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va suv olish limitlariga rioya etilishini nazorat qilish qiyin. Boshqa ko‘plab daryolar singari Sirdaryo havzasida ham to‘g‘ri ishlaydigan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi mavjud emas”, — deyiladi xabarda.
Gidropostlarning ochilishi Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarining suv resurslaridan kompleks foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston—Tojikiston ishchi guruhining oltinchi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tgan, unda ikki davlat o‘rtasida hisob-kitoblarni avtomatlashtirish va real vaqt rejimida ikkita stansiyadan olingan xarajat ma’lumotlarini Tojikiston va O‘zbekistonga uzatish bo‘yicha ham bayonnoma imzolangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi