158
Samarqandda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kamchilik topgan FVB xodimi pora olayotganda ushlandi
Foto: Samarqand viloyati hokimligi
DXX va prokuratura departamenti Samarqand viloyati boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand tumani FVB Aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha kichik inspektori Sh.J. mahalliy fuqarodan pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, Sh.J. xizmat mavqeyidan foydalanib, vakolatiga kirmasa-da, tuman FVB yo‘riqchi-qutqaruvchisi hamda Profilaktika va nazorat bo‘linmasi kichik inspektori bilan birgalikda Samarqand tumani “Qaynama” MFY hududida joylashgan "O.P." va "R.K. 777" MCHJlarda yong‘in xavfsizligi yuzasidan tekshirish o‘tkazgan.
Yakunda "O.P" MCHJ rahbari L.R.ning o‘zi va opasi K.R.ga tegishli "R.K. 777" MCHJlarda yong‘in xavfsizligi talablari bo‘yicha bir qator kamchiliklar aniqlanganini aytib, ularni tekshirish dalolatnomasiga qayd etmaslik va ma’muriy javobgarlikka tortmaslik uchun 600 dollar talab qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sh.J. 600 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan fuqaro Sh.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, qonuniy chora ko‘rilishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi