104
Farg‘ona va Qo‘qonda 1,3 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan noqonuniy maynerlar aniqlandi
Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda “O‘zenergoinspeksiya” bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, Qo‘qon shahrida yashovchi shaxs o‘z qarindoshining yashash xonadonida 10 ta Bitmain Antminer rusumli mayning qurilmalarini elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, 2021-2024 yillar davomida mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelishi natijasida davlat manfaatlariga 638 mln 274 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.
Farg‘ona shahrida yashovchi shaxsning xonadonida 11 dona, quvvati 14,85 kilovatt bo‘lgan Antminer rusumli mayning qurilmalari yashirin ravishda elektr tarmog‘iga ulanib, 320 mln 118 ming so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.
Boshqa holatda esa Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroga tegishli xonadon ko‘zdan kechirilganda, 6 dona, quvvati 12,4 kilovatt bo‘lgan Antminer rusumli mayning qurilmalari elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, elektr ta’minoti korxonasiga 293 mln 284 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.
Yana bir holatda, Farg‘ona shahrida yashovchi shaxs o‘zining onasiga tegishli xonadonda kriptovalyuta ishlab chiqarish faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanib, Antminer rusumli 3 dona mayning qurilmalaridan foydalanishi natijasida, elektr energiyasi bo‘yicha davlat manfaatlariga 77 mln 585 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.
Aniqlangan ushbu holatlarda davlatga yetkazilgan zarar jami 1 mlrd 329 mln 261 ming so‘mni tashkil etadi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi