Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Buxoro viloyatida noqonuniy mayning ferma tashkil etgan xonadonlar aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departament hamda “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida fuqaro A.Z. qonunga xilof ravishda mayning ferma faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida 10 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktiv qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 531,4 million so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Shu kabi, departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.Sh. o‘z uyida 5 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktiv qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 328,7 million so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi