11:00 / 29.02.2024
413

Toshkentda Tracker avtomobili 197 km/soat tezlikda yo‘lovchi avtobusiga kelib urildi

Toshkentda Tracker avtomobili 197 km/soat tezlikda yo‘lovchi avtobusiga kelib urildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Poytaxtda King Long rusumli avtobus va Tracker rusumli yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, bugun, 29 fevral kuni soat 06:45 larda, «2-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi King Long rusumli 63-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi A.J. boshqaruvidagi avtobus ASHB tomon harakatlanayotgan vaqtda YTH sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, avtobus Mirzo Ulug‘bek tumani, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi chorrahasidan qayrilib olish vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Tracker rusumli yengil avtomobil yuqori tezlikda (197 km/soat) kelib, avtobus bilan (o‘rta shina qismiga tegib) to‘qnashuv sodir etgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi vaqtida avtobus salonida yo‘lovchilar bo‘lmagan. Tracker avtomobili haydovchisi tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilyapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat