date
views 94

Buxoroda Ai-80 benzinini “qo‘lda” qimmat narxda sotayotganlar ushlandi

Buxoroda Ai-80 benzinini “qo‘lda” qimmat narxda sotayotganlar ushlandi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati
Buxoro viloyatida Ai-80 markali benzin yonilg‘isini “qo‘lda” qimmat narxda sotish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda aniqlandi. 14 nafar fuqaro yashash xonadonlarida Ai-80 markali benzin yonilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 1 270 litr benzin yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda Ai-80 benzinini “qo‘lda” qimmat narxda sotayotganlar ushlandi