
Foto: uzbekembassy.com.my
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston fuqarolarini respublika hududida ichki ishlar organlari tayanch punktlari hamda mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Bildirilishicha, hozirgi kunda O‘zbekiston fuqarolarining vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tayanch punkti va mahalla huquqiy tartibot maskanlari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilayotganligi, bo‘linmalar tuman-shahar markazlarida faoliyat yuritayotganligi, viloyatning olis va chekka hududlarida yashovchi fuqarolar tuman-shahar markaziga kelib-ketishida ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflanayotganligi sababli fuqarolar haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish vakolatini profilaktika inspektoriga berish va uni maxsus dastur orqali (planshet yordamida) amalga oshirish tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi me’yorlarni ishlab chiqish zarurati mavjud.
Loyiha bilan ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini vaqtincha turgan joyi bo‘yicha planshet orqali elektron shaklda ro‘yxatga olinishi bo‘yicha dastur yaratilishi hamda fuqarolarning ortiqcha vaqt va sarf-xarajat qilishining oldini olish maqsadida fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish vakolatini profilaktika inspektorlariga berish taklif etilmoqda.
Ta’kidlanishicha, loyiha qabul qilinishi bilan fuqarolarning ortiqcha xarajat qilishi va sarson bo‘lishi oldi olinadi, mahalla hududida profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolar ijtimoiy muammolari joyida bartaraf etilishiga xizmat qiladi.
Ye-ro‘yxat_M dasturiy ta’minoti har bir planshet qurilmasiga cheksiz sertifikati bilan 350 000 so‘mdan o‘rnatilib, ishga tushiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar