
Ijtimoiy tarmoqlarda Uzbekistan Airways kompaniyasiga tegishli Boeing 787 Dreamliner qanotida yamoqlar aks etgan video tarqaldi. Kompaniya ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, Boeing kompaniyasining B787 havo kemalari kompozit qismlaridagi bo‘yoqlarning ko‘chishi birinchi marta sodir bo‘lmayapti.
"Ushbu muammo Boeing 787 Dreamliner, yangi avlod havo kemasi, aviatsiya uchun nisbatan yangi materiallardan - taxminan 80 foiz kompozitlardan yaratilganligi bilan bog‘liq. Ultrabinafsha nurlanishni, shuningdek parvoz paytida havo kemasining egiluvchanligini hisobga olgan holda, qo‘llaniladigan bo‘yoq qatlamlari bardosh bera olmaydi va katta bo‘laklar bilan ko‘chib ketadi. Ishlab chiqaruvchi kompaniyaning tahliliga ko‘ra, bunday bo‘yoq ko‘chishi kosmetik nuqson bo‘lib, parvozning yaroqliligi va havo kemasi parvozlarining xavfsizligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi", — deyiladi xabarda.
Kompaniyaning bildirishicha, barcha aviatashuvchilar ultrabinafsha nurlar ta’sirida ushbu turdagi havo kemalaridagi bo‘yoq qoplamasini ko‘chishi haqida muntazam ravishda xabar beradi. Boeing kompaniyasi kompozit yuzalarida bo‘yoq qoplamasi muammolariga duch kelayotgan yagona aviatsiya ishlab chiqaruvchi emas.
"Muzokaralar natijasiga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi kompaniya havo kemalari sirtini bo‘yash va ularni ishlab chiqaruvchi bazasiga parvoz qilish bo‘yicha barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olishga tayyor. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Uzbekistan Airways AJ yaqin kelajakda Boeing 787 Dreamliner rusumidagi uchta havo kemasini bosqichma-bosqich qayta bo‘yashni rejalashtirgan. Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu muammo Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Boeing 787 Dreamliner havo kemalarida parvozlar xavfsizligi va qulayligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi", — deyilgan xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar