date
views 92

Qo‘qonda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan dorixona aniqlandi

Qo‘qonda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan dorixona aniqlandi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixona aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. “X.F.” MCHJ dorixonasi boshqaruvchisi X.I. 100 dona kapsuladagi “Gabapentin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.X.ga 600 ming so‘mga sotgani aniqlangan.

Ushbu dorixonada o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan 50 dona “Gabapentin” hamda tarkibida psixotrop moddasi mavjud bo‘lgan 790 dona dori vositasi ashyoviy dalillar sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xulosasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan dorixona aniqlandi