Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Toshkent shahri, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi, DXX hamda IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan D.I. jami 5,3 ming dollarni fuqaro M.X.ga 66,8 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida jami 18 175 dollar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.D. va E.X. jami 3,5 ming dollarni fuqaro Sh.X.ga 44,1 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Xiva shahri va Yangiariq tumani bo‘limlari tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar N.M. va R.P. boshqa bir fuqarodan 3,5 ming dollarni 43,8 million so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, fuqarolar I.K. va O.Y. fuqaro Q.R.dan 3,5 ming dollarni 43,9 million so‘mga sotib olishga kelishib, shundan 13 million so‘mni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yangihayot tumanida esa valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Sh.I. va M.L. jami 3,2 ming dollarni fuqaro M.E.ga 40,2 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»