187
Prezident: «Moskvadagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olmoqda»
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi sessiyasida og‘ir xalqaro vaziyat haqida gapirib ztdi.
Davlat rahbari so‘zining avvalida murakkab va tahlikali zamonda yashayotganimiz, Yaqin Sharqdagi va asosiy hamkorlarimiz o‘rtasidagi mojarolar yechim topmayotgani, shu jumladan Moskva viloyatidagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olayotganini qayd etgan.
«Bunday murakkab sharoitda iqtisodiyotimizga, aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish eng muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Buning uchun mahallaning iqtisodiy zaminini mustahkamlash, odamlar daromadini ko‘paytirish uchun mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligi qayd etildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident poytaxtda hali ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi.
Jumladan, 979 ta yer uchastkasini auksionga chiqarish, qishloq xo‘jaligidan sanoat va aholi punkti toifasiga o‘tgan 175 gektar yerlarni tadbirkorlarga berish orqali yangi loyihalarni amalga oshirish mumkin.
Poytaxtdagi korxona va tashkilotlarda mavjud 98 ming bo‘sh ish o‘rni – aholi bandligini ta’minlash uchun ishga solinmagan imkoniyatlardan biri. Bundan tashqari, Yangihayot tumanida 764 gektar yerda tashkil etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida yana o‘n minglab ish o‘rni yaratish imkoniyati bor.
Prezident aholi daromadini oshirish bo‘yicha qanday ishlash zarurligini Yunusobod tumani misolida tushuntirdi.
So‘nggi yetti-sakkiz yilda poytaxtda, shu jumladan Yunusobodda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Masalan, bu davrda tumanga 1 milliard 700 million dollar xorijiy investitsiya kiritildi, korxona, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari 3,5 mingtaga, ish o‘rinlari 20 mingtaga ko‘paydi.
Tumanda 6 ming xonadonli yangi uy-joylar qurildi, 8 mingta yangi o‘quvchi o‘rni tashkil qilindi, 3 ta oliygoh ochildi. Xususiy bog‘cha, maktab va shifoxonalar soni bo‘yicha ham Yunusobod poytaxtdagi yetakchi tumanlardan biriga aylandi.
Shu bilan birga, Yunusobodni chekka qismi bilan poytaxtning markaziy qismidagi mahalla o‘rtasidagi farq juda katta ekani, aholi daromadi va yaratilgan sharoit bo‘yicha vaziyat bir xil emasligi ta’kidlandi.
Masalan, tumandagi ayrim oilalar oylik daromadini faqat kun kechirishga sarflayapti. Ular o‘zi va farzandlari kelajagiga investitsiya kiritish uchun mablag‘ ajrata olmaydi.
Iqtisodiy kompleks tashkilotlarida bu borada tahlil yo‘qligi, turli moliyaviy instrumentlar orqali bu oilalar daromadini oshirishni o‘ylab ko‘rmagani qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»