14:48 / 04.04.2024
134

O‘zbekiston tumanida kafil tomonidan garovga qo‘yilgan "Choyxona" binosi hatlandi

O‘zbekiston tumanida kafil tomonidan garovga qo‘yilgan "Choyxona" binosi hatlandi
Kafil fuqarolardan qarz oluvchi kredit to‘lovlarini vaqtida to‘lamaganda yuzaga kelgan navbatdagi qarzdorlik to‘lovlarini o‘z ixtiyoringiz bilan to‘lashga rozi bo‘larmidingiz, deb so‘ralganda kafillarning aksariyati qarz oluvchilar barcha kredit to‘lovlarini o‘zlari to‘lashini, kafillik bo‘yicha hech qanday muammo bo‘lmasligini va’da qilib, kafil bo‘lishga ko‘ndirganligini bildirgan hamda boshqa shaxs tomonidan olingan kredit to‘lovlarini to‘lashga xohishi yo‘qligini ta’kidlagan.

Qayd etish lozimki, kafil shaxs kredit mablag‘i ajratgan kredit tashkiloti oldida qarz oluvchi bilan baravar hajmda javob beradi (kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa), shu jumladan, kafil shaxs kredit tashkilotiga qarzdorning o‘z vaqtida to‘lanmagan kreditining asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarini to‘lashdan tashqari, ushbu kreditni undirib olish bilan bog‘liq sud xarajatlarini va qarzdor o‘z majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kredit tashkilotiga yetkazilgan boshqa zararlarni ham to‘laydi.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining qaroriga asosan qarzdor "S. Z." oilaviy korxona va qo‘shimcha javobgar J.Q.dan undiruvchi "Maqsad Finance Mikromoliya Tashkiloti" MCHJ foydasiga jami 152 mln so‘m kredit qarzini undirish, undiruvni qo‘shimcha javobgar tomonidan garovga qo‘yilgan “Choyxona” bino-inshootiga qaratish belgilangan.

Byuro tomonidan qarzdorga ijro hujjatidagi talablarni bajarish uchun ixtiyoriy muddat berilgan, lekin qarzdor tomonidan sud qarori ijrosi bajarilmagach, garovga qo‘yilgan qo‘shimcha javobgar J.Q.ga tegishli O‘zbekiston tumanida joylashgan “Choyxona” bino-inshooti ro‘yxatga olinib, xatlandi.

Hozirda hatlangan bino-inshootni auksion savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston tumanida kafil tomonidan garovga qo‘yilgan "Choyxona" binosi hatlandi