613
Kursdoshlarini ishxonasida maishat qilishga chorlagan buxorolik mansabdor lavozimidan olindi
Fotokollaj: “Daryo”
Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Bahodir Toshev kursdoshlarini davlat idorasida maishat qilishga chorlagani bois lavozimidan olindi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Tarmoqlarda tarqalgan videoda Bahodir Toshev Telegram orqali kursdoshlariga murojaat yo‘llab, ishxonasida jonliq so‘yib, xatm qilayotganini, tadbirdan so‘ng spirtli ichimlik ichish uchun sharoit hozirlaganini aytib, ularni chaqiradi.
"Mas’ulning xatm qilayotgani maqtovga loyiq, albatta. Lekin iziga “otim”cha qilishi bo‘lmabdi-da. Rahbarlarga maza-a? Xohlasa ishxonada ham spirtli ichimlik iste’mol qilishini ommaga ochiqlayveradi. Qo‘rqmaydi. Nazorat yo‘qligidanmikan bu?" — deyiladi Telegram'da tarqalgan bu haqdagi xabarda.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmatining bildirishicha, holat mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqilgan.
"Joriy yilning 6 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Avval xatm, iziga 'otim'” sarlavhasi ostida tarqalgan holatni Respublika qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining tegishli mas’ullari o‘rganib chiqdi. Ushbu holat haqiqatan ham Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbari bilan bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘ldi", — deyiladi mas’ullar izohida.
Aniqlanishicha, videodagi holat 2023 yil 15 sentyabr kuni tasvirga olingan.
"O‘sha kuni inspeksiya boshlig‘i tug‘ilgan kuni sabab kursdoshlariga ushbu videoni yuborgan. Inspeksiyaning tegishli mas’ullari Bahodir Toshevga bunday xatti-harakatlar kasb etikasiga to‘g‘ri kelmasligini tushuntirdi. Toshevning ushbu harakati bois egallab turgan lavozimidan ozod etilishini ma’lum qilamiz", — deydi vazirlik vakillari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»