19:46 / 15.04.2024
84

Shavkat Mirziyoyev Qatar delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Qatar delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentda bo‘lib turgan Qatar Davlati Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Bosh vazir Muhammad Ol Soniy O‘zbekiston yetakchisiga Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston yetakchisi siyosiy muloqot jadal tus olgani, o‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi faol oshayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Qatarning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazilmoqda. Oktyabr oyida O‘zbekistonda Qatar madaniyati haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini tezroq yaratish muhimligi qayd etildi.

Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatning jiddiy keskinlashayotgani yuzasidan ham fikr almashildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Qatar delegatsiyasini qabul qildi