55
O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Qatar bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi.
"O‘zbekiston va Qatar ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik maqomiga ko‘tarish orqali muhim qadam tashlaganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Bugun Toshkentda Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon bin Jasim Ol Soniy janobi oliylari bilan birgalikda ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitimni imzoladik".
15 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Qatar delegatsiyasi "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqoti mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?