Foto: Videodan kadr
Giyohvandlik vositalarining kontrabandasiga qarshi kurashish doirasida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bir nechta noqonuniy holatlarga chek qo‘yildi.
O‘zbek-tojik davlat chegarasining Samarqand viloyati Urgut tumani Chep qishlog‘i hududidan o‘tgan qismida, noma’lum shaxslar tomonidan Tojikistondan olib kelinib, qoldirib ketilgan 980 gr “geroin” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Hozirda ushbu giyohvandlik vositasi egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Andijon viloyatida kuzatilgan holatda, Qo‘rg‘ontepa tumanining Qorasuv shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs tarkibida “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 30 000 dona Nervegesic nomli dori vositasini Qirg‘izistondan davlat chegarasi orqali noqonuniy ravishda o‘tkazgan vaqtida ushlandi.
Bunday qonunbuzilishi Namangan viloyatida ham qayd etilib, unda 3121 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan Kosonsoy tumani hududiga o‘tkazgan vaqtlarida 2 nafar mahalliy fuqaro ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Shuningdek, ularning 2 nafar jinoiy sheriklari ham protsessual tartibda ushlandi.
Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi