14:14 / 23.04.2024
158

Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi

Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi
Soliq mobil ilovasida bepul ro‘yxatdan o‘tgan holda daromad solig‘idan imtiyozga ega bo‘lib, bugungi kunda 481,4 ming nafar haydovchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev aytib o‘tdi.

Mubin Mirzayevning ma’lum qilishicha, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotganlarning 1 500 nafarga yaqini ayol haydovchilardir.

"213,1 ming nafari soliq organlari axborot tizimlari bilan to‘liq integratsiya qilingan 6 ta onlayn-taksi agregatorlari (Yandex, Uklon, MyTaxi, Intellekt servis, Promo Technology group, TOTMEGA) orqali faoliyat yuritmoqda.

2024 yilning o‘tgan davrida ular tomonidan to‘langan soliqlar 20,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Ko‘rsatilayotgan har bir tashish xizmati uchun elektron fiskal chek shakllanmoqda
", — dedi qo‘mita vakili.

Fiskal chek berilishi hisobiga yil boshidan 866,3 mlrd so‘m shundan:
  • yanvar oyida — 73,8 mlrd so‘m;
  • fevral oyida — 159,4 mlrd so‘m;
  • mart oyida — 414,1 mlrd so‘m;
  • aprel oyida — 219 mlrd so‘m daromad rasmiylashtirildi.

Shuningdek, integratsiya qilish bo‘yicha yana 125 ta agregatorga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi