772
Botir Qodirov Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlarni nima uchun sudga bergani ma’lum bo‘ldi
Telegram messenjeridagi kanallarda xonanda Botir Qodirov marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li Shohjahon Jo‘rayevni otalikni belgilash uchun sudga bergani aytilgan xabarlar tarqaldi.
“Daryo” manbasining bildirishicha, san’atkorlar o‘rtasidagi mojaro Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida, sudya Lola O‘tanboyeva raisligida ko‘rib chiqilmoqda.
Da’vogar Qodirov Botir Sheraliyevich javobgarlar — Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlardan otalikni belgilashni talab qilgan.
Aniqlashtirilishicha, Botir Qodirov 2024 yilning 19 mart kuni sudga ariza kiritgan. Ishni ko‘rish 15 aprel kuni boshlangan. Biroq javobgar vakili ish bilan tanishish uchun ishni ko‘rishni boshqa kunga qoldirishni so‘ragani sababli sud majlisi bugun, 23 aprel soat 14:30 ga qoldirilgan.
Bildirilishicha, bugungi sudda da’vogar vakilining ko‘rsatmasi eshitilgan. Guvohlarni ishga jalb etish va qo‘shimcha dalillar — fotosuratlar, dalolatnoma yozuvi va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini talab qilib olish uchun ish yana qoldirilgan.
Botir Qodirovning da’vo arizasiga Adliya vazirligi huzuridagi Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 2023 yil 29 sentyabrdagi xulosasi va undagi mutaxassis fikri ilova qilingan. Unda Halimjon Nurmatov va Qodirov Botir Sheraliyevichning amaki-jiyan ekanligi bo‘yicha fikr berilgan.
Botir Qodirov 2008 yil Yangiyo‘l tuman FHDYO bo‘limiga murojaat qilib, 26 fevral kuni familiyasini Jo‘rayevdan Qodirovga, otasining ismini Sherali o‘g‘lidan Sheraliyevichga o‘zgartirgan. Bu haqda ham sudga hujjatlar taqdim etilgan.
Sudning navbatdagi majlisi 2024 yilning 2 may kuni soat 15:00 ga qoldirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi