115
10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi
Mamlakat elchixonasi ko‘magida Britaniyaning NEU Professionals rekruting agentligi, Qirollik hamshiralik kolleji, Koventri universiteti va "Mutaxassis til kurslari" markazi vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga amaliy safari tashkil etildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, safar davomida Britaniya tomoni O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Samarqand shahridagi Medicon universitetida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Olib borilgan muzokaralar natijasida, o‘zbekistonlik 10 mingdan ortiq tibbiyot sohasi vakillarini chet tillariga o‘qitish orqali Britaniyadagi nufuzli shifoxonalarga ishga qabul qilish hamda 3 ming dollar miqdorida oylik maosh to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, NEU Professionals rekruting agentligi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ish beruvchi talabi, ushbu yurtda ishlash tartibi batafsil tushuntirildi.
Britaniya tomoni o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari, jumladan hamshiralar o‘rta tibbiy xodim sifatida faoliyat yuritish bilan cheklanib qolmasligi, balki qobiliyati, intilishi, tajribasi va til bilishidan kelib chiqib, vazifasi nuqtayi nazaridan o‘sish imkoniga ega bo‘lishini ta’kidladi.
NEU Professionals rekruting agentligi 2013 yil chet ellik tibbiyot mutaxassislarini Britaniyaning Oksford universiteti shifoxonasi va boshqa tibbiyot muassasalari uchun yollashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan. Kompaniya xorijdan tibbiyot mutaxassislarini Angliya va Uelsga yetkazib berish bilan shug‘ullanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi