240
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
O‘zbekistonda uy-joy, ko‘chmas mulk va avtomobil savdosini faqat naqd pulsiz hisob-kitob qilish taklif etilmoqda. “Gazeta.uz”ning ma ’lum qilishicha, bu yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralari bo‘yicha prezident qarori loyihasida nazarda tutilgan.
Hujjat hali jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilinmagan bo‘lib, vazirlik va idoralar orqali tasdiqdan o‘tmoqda.
Loyihaga ko‘ra, 2024 yil 1 maydan boshlab ko‘chmas mulk va transport vositalarini sotishni faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida amalga oshirish taklif etilmoqda. Ushbu operatsiyalar bo‘yicha komissiyalarni bekor qilish rejalashtirilgan.
Bunda jismoniy shaxslar bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari bank ma’lumotlari asosida, yuridik shaxslar bilan tuzilganlari esa naqd pulsiz to‘lovni tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lsa, elektron hisobvaraq-fakturalar orqali notarial tasdiqlanishi kerak bo‘ladi.
Tovar va xizmatlar narxi 3 ming dollardan oshsa, to‘lovlarni faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshirish taklif etilmoqda.
Shuningdek, budjet tashkilotlari xodimlari, jumladan, OTMlar va yirik soliq to‘lovchilar, harbiy xizmatchilarning 100 foiz ish haqini bank kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan berish taklif qilinmoqda.
Hujjatga ko‘ra, faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar orqali amalga oshiriladigan xizmatlar katalogi tasdiqlanadi. U davlat xizmatlari, kommunal xizmatlar, to‘lov kontraktlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Ulgurji savdoni ham to‘liq naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tkazish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi