Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Prezident qarori bilan Samarqand va Jizzax viloyatlarida ikkita shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya shartnomalari tasdiqlandi.
Ushbu loyihalarning pudratchilari sifatida Xitoyning Universal Energy kompaniyasi sho‘ba korxonalari Peak Wind Alpha va Peak Wind Beta MCHJlar ko‘rsatilgan. Majburiyatlar bajarilishi uchun 9 million dollarlik bank kafolati ko‘zda tutilgan.
Har bir loyiha doirasida 250 megavatt quvvatga ega shamol elektr stansiyalari, elektr uzatish liniyalari quriladi. Investor har bir loyihani amalga oshirish uchun 250 million dollar ajratadi.
Ushbu shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr 25 yil davomida sotib olish majburiyatini olgan “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari”ga sotilishi kafolatlangan.
Eslatib o‘tamiz, Universal Energy kompaniyasi bilan investitsiya shartnomalari 25 yanvar kuni imzolangandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi